Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Muruntov mahallasida joylashgan 4-sonli DMTTda bo'lib, muassasaning holatini o'rgandi.
Xususan, jarayonda muassasaning oqava tarmog'i tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha zaruriy choralar ko'rish uchun tegishli korxona va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hokim muassasadagi barcha xizmat ko'rsatish turlarini yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida mas'ullarga ko'rsatmalar berdi.