Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tegishli mas'ullar bilan birgalikda Muruntov mahallasida bo'lib, mehr va e'tiborga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Shuningdek, jarayonda "Qizilqum" MGQE homiyligida Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxoni uchun oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.