“OPEN NEST” MUZQAYMOQLARINING MAZASI VA TA'MI TENGSIZ
Zarafshon shahar Tinchlik mahallasida “OPEN NEST” MCHJ tomonidan yangi muzqaymoqxona o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur muzqaymoqxona shahrimiz aholisi va mehmonlarga ko‘ngilochar va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.
Muzqaymoqxonaning ochilish marosimida Respublika ishchi guruhi vakili, shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova, mahalla faollari, tegishli mas'ullar va tadbirkorning yaqinlari ishtirok etdilar.
Tadbirkor Zebo Mardonovaga tegishli mazkur muzqaymoqxonaning ochilishi bilan ayni paytda 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi.