“AYOL – QADRIYATLAR DAVOMCHISI” TANLOVINING SHAHAR BOSQICHI O'TKAZILDI
Bugun "Yulduz" madaniyat uyida “Ayol – qadriyatlar davomchisi” mavzusidagi marosim va urf-odatlar taqdimoti tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mahalla fuqarolar yig‘inlaridan tuzilgan "Baxt gulshani", "Nafosat", "O'zbegoyim", "Maftunkor ayollar" nomli jamoalar milliy qadriyatlar, marosim va urf-odatlarning ma’naviy ahamiyatini yoritib berishda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Tadbirni shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Jamoalar "Vatanga muhabbat-eng muqaddas tuyg'u", "Onalar-millat tarbiyachisi" va "Milliy marosim urf-odatlar va bolalar milliy xalq o'yinlari taqdimoti" singari shartlar bo'yicha o'zaro bellashdilar.
Tanlovda qatnashchilar o‘z mahallalariga xos bo‘lgan urf-odatlarni sahnalashtirib, ayollarning oila va jamiyatdagi o‘rnini yorqin aks ettirishdi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra:
1-o'rinni - "Nafosat" jamoasi, 2-o'rinni - "Maftunkor ayollar" jamoasi, 3-o'rinni - "Baxt gulshani" hamda "O'zbegoyim" jamoalari egallashdi. G'oliblarga diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.