"XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVI O'TKAZILDI
Respublikamiz bo‘ylab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Zarafshon shahar bosqichiga start berildi.
Zarafshon shahar hokimi o’rinbosari S.Uvaytov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i M.Tursunova hamrohligida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tanlovning shahar bosqichi o‘tkazilayotgan 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tadbirning ochilish marosimida ishtirok etib, o‘quvchi yoshlarga omad tiladi.