ALISHER NAVOIY MFYDA YANA BIR YANGI TIKUV SEXI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
Bugun Zarafshon shahar Alisher Navoiy mahallasida “ZAR MOXIZODA KELAJAGI” MCHJ tomonidan yangi tikuv sexi tashkil etildi.
Mazkur tikuv sexining ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova, mahalla faollari, tegishli mas'ullar hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etishdi.
Tadbirkor Xurshida Xushnazarovaga tegishli yangi tikuv sexining ochilishi bilan 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi, natijada mahalladagi fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi.