KONCHILAR MAHALLASIDA YANGI LOYIHA ISHGA TUSHIRILDI
Zarafshon shahar Konchilar mahallasi hududida tadbirkor ayol, Nigora Quvondiqova tomonidan yangi loyiha doirasida zamonaviy tikuv sexi ishga tushirildi. Ushbu loyiha shaharda ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy holatini yaxshilashga xizmat qildi.
Tadbirkor ayol tomonidan ishga tushirilgan tikuv sexida hozirda 4 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Bu loyiha nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratishga, balki ayollarning oilaviy budjetini yaxshilashga ham hissa qo'shmoqda.
Ochilish marosimida shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova ishtirok etib, yosh tadbirkorning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqqiyat tiladi.