Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi anʼanaviy iftorlik tadbiri doirasida Zarafshon shahrida ham iftorlik dasturxonlari yozildi.
Zarafshon shahridagi “Sherdor” tantanalar saroyida boʼlib oʼtgan iftorlikda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, nuroniylar, mehnat faxriylari, ziyolilar, ijtimoiy himoyaga va muhtoj imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.
Shuningdek, iftorlik dasturxoni atrofida yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro'zg'orlarimizga baraka tilab duolar qilindi. Hamda ro'zadorlar uchun dasturxonga milliy taom - osh tortildi.