XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YETTINCHI CHAQIRIQ TO'QQIZINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Bugun Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi to'qqizinchi sessiyasi zoom platformasida online shaklda o'tkazildi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar hokimi o'rinbosarlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona, tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.
Ushbu sessiyada Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Nazirbek Rahmanov raislik qildi.
Shahar hokimi o'rinbosarlari, shahar deputatlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan sessiyada kun tartibi bo‘yicha 2025-yilning 1-mavsumida Zarafshon shahrida jamoatchilik tomonidan ovoz berish yakunlariga ko'ra eng ko'p ovoz to'plagan takliflarni saralab olish hamda fuqarolar tashabbusi jamg'armasi mablag'laridan moliyalashtirilgan tadbirlar to'g'risida shahar Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i o'rinbosari N.Xolovning hisoboti, "2025-yilda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorining shahardagi ijrosi hamda aholini daromadli mehnat bilan ta'minlashning maqsadli ko'rsatkichlari bo'yicha shahar kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i M.Djurayevning hisoboti, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi 2025-yil 14-martdagi PQ-103-son qarori asosida Zarafshon shahrida amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida shahar Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova va boshqalarning hisoboti tinglandi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi Zarafshon shahar hokimligi axborot xizmatining facebookdagi rasmiy sahifasi orqali uzatib borildi.