Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

YANGI ZARAFSHON MAHALLASIDA JOYLASHGAN GO'ZALLIK SALONI FAOLIYATINI KENGAYTIRDI

Bugungi kunda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar samara berayotganligini hamma sohada ko'rishimiz mumkin. 

Jumladan,  tadbirkor Farangiz Risbekova "Ayollar daftari"ga kiritilib, imtiyozli kredit olib, yosh kelin-kuyovlarning unutilmas kunlarini chiroyli yoritilishida o'z hissasini qo'shish maqsadida "Jeylan wedding studiyo" maskanini tashkil etdi.

Tadbirkor ayol o'tgan yili "Jeylan wedding salon" nomli go'zallik salonini tashkil etgan edi. U endilikda salon faoliyatini kengaytirdi. Bu tashabbus  hududdagi keksa-yu yoshni birdek quvontirdi.

Ochilish marosimida shahar hokimi o'rinbosari,  Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i L.Tursunova ishtirok etib, yosh tadbirkorning kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqqiyat tiladi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech