Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

LOYIHALAR YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yil 16-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Zarafshon shahrida "Loyihalar yarmarkasi" tashkil etildi.
Tadbir doirasida "Sayhunobod", "Uychi", "Zarbdor" va "Gʻijduvon" tajribalari asosida ishlab chiqilgan biznes-rejalar taqdim etildi. Unda  Zarafshon shahar tijorat banklari va hokim yordamchilari hamda mahallalarda tadbirkorlikni amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Shuningdek, jarayonda ishtirokchilarga tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, imtiyozlar va o'zgarishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan atroflicha tushunchalar berildi.







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech