Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Iste'molchilar diqqatiga

⚡️HURMATLI ISTE'MOLCHILAR!

Respublika bo‘ylab havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi munosabati bilan aholi orasida  tabiiy va suyultirilgan gaz iste’moli, shuningdek, isitish moslamalaridan foydalanish keskin oshmoqda.

Tahlillar shuni ko'rsatyaptiki, is gazidan zaharlanish va "zangori" yoqilg'ining sizib chiqishi bilan bog'liq baxtsiz hodisalar asosan kechqurun va tunda sodir bo'lmoqda.

Shu munosabat bilan “Hududgazta’minot” AJ iste’molchilardan uxlashdan avval xonadonlardagi gaz uskunalari, xususan, gaz plitalari, isitish moslamalari, shuningdek, mo‘rilarni tekshirish lozimligini yana bir bor eslatib o’tadi.

YODDA TUTING:
-  xonadonlarni isitish uchun qoʼlbola moslamalar (“tarakan” pechkasi, “qozonli pechka”, “sandal”)dan foydalanmang;
-  binolardagi havo kirish-chiqish tizimi (ventilyatsiya) va dudburonlar sozligini tekshiring;
-  yetarlicha havo almashinuvi bo’lmagan xonalarda uxlamang;
-  xonadoningizni gaz plitalari yordamida isitishga urinmang.

Hurmatli iste’molchilar! “Hududgazta’minot” AJ Sizdan isitish moslamalaridan foydalanganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishni, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, shuningdek, “zangori” yoqilg‘idan oqilona va isrofgarchiliksiz foydalanishni iltimos qiladi.

Elektr energiyasidan foydalanishdan oldin xonaga kirib, gaz hidi (boshqa begona hidlar) yo'qligiga ishonch hosil qiling va shundan keyingina elektr chirog’ini yoqing.

Аgar sizda gaz taʼminoti bilan bogʼliq muammolar yuzaga kelsa, kecha-kunduz ishlovchi 1104 koll- markazi, 104 avariya-dispetcherlik xizmati, shuningdek, “Facebook” ijtimoiy tarmogʼining “Gaz taʼminoti muammolari va ularni hal qilish yoʼllari” hamda “Oʼzbekiston uy-joy kommunal xoʼjaligi” ijtimoiy guruhlariga murojaat qilishingiz mumkin.

“Hududgazta’minot” AJ xonadoningizga fayzu baraka, iliqlik va farovonlik tilaydi!

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

Youtube | Facebook | Telegram | Веб-сайт | Instagram
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech