Bugun, Zarafshon shahar hokimi Аnvar Radjabov shaharning Alisher Navoiy mahallasi hududidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi.
Shahar hokimi tashrif davomida maktabda oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Jumladan, sport zal, kutubxona, maktab bogʼi, sinf xonalarini koʼzdan kechirdi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

