Joriy yilninig 31-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi" ijrosi hamda 5 ta muhim tashabbusning to’rtinchisi "Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib" qilish maqsadida, Zarafshon shahar Мa’naviyat-ma’rifat bo’linmasi hamda Axborot-kutubxona markazi hamkorligida shahardagi umumta'lim maktablari o’qituvchilari o’rtasida "Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz" intellektual tanlovi o'tkazildi. Tanlovda Asqad Muxtorning “Chinor” romani muhokama qilindi.
Tanlov natijalariga binoan, 3-10-12-8- maktab o’qituvchilar jamoalari g’oliblikni qo’lga kiritib keyingi bosqichga yo’llanma oldi. Tanlovda jami 85 nafar ishtirokchi qatnashdi.