1-sektor rahbari mahallabay yurib tadbirkorlar bilan uchrashdi
Bugun, shahar hokimi Anvar Radjabov o'rinbosarlar hamrohligida "Oltin vodiy" mahallasi hududidagi Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish markazida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tadbirkorning takliflari tinglandi. Hamda mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.