Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostida "Maʼnaviyat oyligi" o'tkazilmoqda

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2022-yil 25-mart kunidagi "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostida "Maʼnaviyat oyligi"ni oʼtkazish toʼgʼrisidagi 79-sonli Farmoyishi hamda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
➡️Xususan, bugun Zarafshon shahar Ichki ishlar boshqarmasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha boshligʼi oʼrinbosari, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasi rahbari hamda viloyat Kengashi deputati va hamkor tashkilotlar bilan “Maʼnaviyat oyligi” rejalariga bagʼishlangan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy siyosiy o'quv va uchrashuv-muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvda shahar IIB hodimlari ishtirok etib, bugungi kunda ma'naviy-ma'rifiy sohada islohotlar,  kitobxonlik madaniyatini oshirish yuzasidan oʼz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
➡️Bundan tashqari o'quvda taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar xususida hamda deputat bilan savol-javoblar qilindi.

Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech