OILA MUQADDAS DARGOH
Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat saroyida shahar hokimligi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi, 7551-sonli harbiy qism hamkorligida ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish maqsadida "Oila-muqaddas dargoh", "Ma'rifatli jamiyat jaholatni qoralaydi" mavzularida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari, 7551-harbiy qism komandir o'rinbosari, xodimlar va ularning oila a'zolari ishtirok etdi.

