Shahardagi korxona-tashkilot xodimlari ishtirokida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha targ‘ibotlar tashkil etilmoqda
Shunday tadbirlardan biri bugun 12-yanvar kuni shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan oʼtkazildi.Targ‘ibot tadbirida Zarafshon shahar Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis А.Xamdamov, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari L.Tursunova, shahar maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi rahbari D.Baxranova, shahar targ‘ibot guruhi rahbari M.Qurbonova hamda Zarafshon jome masjidi imom xatibi K.Shodmonovlar ishtirok etdi.
Tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish”, "Islom dinining mazmun mohiyati, "Ommaviy madaniyat", "Diniy ekstrimizm va terrorizm yoshlar kelajagiga tahdid" “Geosiyosiy o‘yinlardan ogoh bo‘lish–davr talabi”, “Oila-muqaddas dargoh”mavzularida targ‘ibot olib borildi.
Unda ishtirok etgan shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi rahbari Dilafruz Bahronova o‘z maʼruzasida Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashmoq zamon talabi ekanligini taʼkidlab, dunyo olamida ro‘y berayotgan geosiyosiy jarayonlar haqida zarur maʼlumotlar berdi. Hamda tadbir so‘ngida ishchi xodimlarga "Mehr" videoroligi namoyish etildi
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Markazi
Zarafshon shahar boʻlinmasi rahbari Dilafruz Bahronova