🏢2022- yilning 1- sentabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 24 184 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,4 foizga oshganligi va shu bilan birga 90,5 foizini (21 879 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda joylashdi:
➖Navoiy shahri – 5 485 ta
➖Zarafshon shahri – 1 741 ta
➖G‘ozg‘on shahri – 335 ta
➖Qiziltepa tumani – 3 192 ta
➖Karmana tumani – 3 832 ta
➖Xatirchi tumani – 2 882 ta
➖Navbahor tumani – 2 491 ta
➖Uchquduq tumani – 960 ta
➖Nurota tumani – 1 645 ta
➖Konimex tumani – 993 ta
➖Tomdi tumani – 628 ta