Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

MILLАTNING TIRIKLIGI RАMZI- BU TILDIR

MILLАTNING TIRIKLIGI RАMZI- BU TILDIR
📖Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so‘zlash, aloqa-munosabat vositasi, mansub-xoslik omili bo‘lgani bois hamisha jamiyat ravnaqining asosiy mezonlaridan bo‘lib kelgan. Jumladan, o‘zbek tili o‘zbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, o‘z siyosiy-huquqiy asoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan maʼnaviy yutug‘idir. Bugungi taraqqiyotiga qadar shonli va sharafli yo‘llarni bosib, keskin va shiddatli to‘fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlat maqomida yanada ulug‘vor va ustuvorligini namoyon qilmoqda.
📙Zarafshon shahar hokimligi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi hamda viloyat Malaka oshirish markazi hamkorligida o‘tkazilgan “Til borki, millat barhayot” mavzusidagi adabiyot seminari va davra suhbati ham ana shunday fikrlarga boy bo‘ldi.
 
D.Bahronova-shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi rahbari 






  
                                                     
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech