13-dekabr kuni Zarafshon shahar Oltin vodiy mahallasi hududidagi 2-sonli maktabi faollar zalida "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" doirasida ma'naviy, madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuvda shahar prakurori Anvar Djumayev barchani bayram bilan tabrikladi hamda Oltin vodiy, O‘zbekiston, Quruvchi, Yangi Zarafshon mahallasidagi faol nuroniylar, yoshlar va ota-onalar taqdirlandi.
Shahar Madaniyat bo‘limi xonandalari, va maktab yoshlari tomonidan vatan, mehr-oqibat, ota-onalarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shahar Ma'rifat targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan jamiyatimizda bo‘layotgan tub islohotlar to‘g‘risida fikrlari bildirildi.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati