Unda shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, yetakchi mutaxassislari, mahalla xotin-qizlar faollari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida barcha mahalladagi "Ayollar daftari" 3-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari va ularning bartaraf etilganligi o‘rganildi.
Shahar hokimi tomonidan bugun jamiyatimizda sog‘lom muhitni yaratmoqchi bo‘lsak, ayollarni rozi qilish kerakligi, ularning hayotini yaxshilash uchun imkoniyatlardan foydalanib, qonun doirasida yordamlar ko‘rsatilsagina maqsadga yetish mumkinligi alohida ta'kidlab o‘tildi.