Zarafshon shahar hokimi, 1-sektor rahbari Nazirbek Raxmanov, sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda shahardagi ko‘mir yetkazib beruvchi omborxonaga bordi.
Shahar rahbari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar belgilangan tartibda ijobiy hal etilishi kerakligi, avvalam bor ob-havo harorati pasayganligi sababli Muruntog‘, Davg‘istog‘, Yangi Zarafshon mahallalariga ko‘mir yetkazib berilishi nazoratga olinishi lozmligini ta'kidladi. Hamda mutasaddilarga tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.