Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, sektor rahbarlari, qurilish bo‘yicha hokim o‘rinbosari va tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida shahar Elektr tarmoqlari idorasida dispetcherlik faoliyati nazorat qilinib, kelib tushgan murojaatlar va ularning qay darajada o‘rganilib yechim qilinayotganligi o‘rganildi.
Shuningdek, aholiga elektr energiyasini o‘z vaqtida yetkazib berish hamda bu masalalar bo‘yicha kunlik nazorat tizimi o‘rnatib, energiya muammolarini tezkor o‘rganish va hal qilib borish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.