Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
Bugun, Zarafshon shahar hokimligida Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar hokimi Nazirbek Rahmanovning-“Zarafshon shahrida 2022-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va shaharni 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan shahar hokimining murojaati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Zarafshon shahrida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida”gi ma’ruzasi tinglandi.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati



