Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Yig‘ilish tashkil etildi.

Joriy yil 5-yanvar kuni Zarafshon shahar "Zarafshon" jome masjidida Navoiy viloyati hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari G‘. Musurmanov, viloyat bosh imom xatibi T.Ro‘ziev, O‘MI vakili O.Sobirov ishtirokida Zarafshon shahar hamda Uchquduq tuman faoliyat olib borayotgan norasmiy mahalliy imom (mulla)larning diniy bilimlari, maʼnaviy va axloqiy saviyasini o‘rganish hamda ularni salohiyatlilarini ajratib olish maqsadida yig‘ilish tashkil etildi. 

Yig‘ilishda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimov, shahar bosh imom xatibi va mutasaddilar ichtirok etdi. 

Yig‘ilishda jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga 2022-yil dekabr oyidagi murojaatnomasi, shukronalik va daxldorlik tushunchasi, Islom dinining tinchlikparvarlik mohiyati, Yangi G‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi, shuningdek 2023-yilni "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deb elon qilinishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech