Zarafshon shahar hokimi tomonidan xotin-qizlar taqdirlandi
Shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 6-dekabr kuni shahar "Oqila ayollar" harakati a'zolari, tashkilotlardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy ma'naviy-muhitni sog‘lomlashtirish, ularning hayotdan rozilik kayfiyatlarini oshirishga qaratilgan ma'ruzalari bilan shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda yetakchi mutaxassislari, shahar bosh otinoyisi, "Oqila ayollar" harakati yetakchisi ishtirok etishdi.
Seminar davomida "Oqila ayollar" harakatining faoliyati yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi, shuningdek, boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining kelgusidagi amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejalashtirildi.
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, jamiyatdagi har tomonlama faol xotin-qizlar taqdirlandi.