2023-yil yanvar oyi pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
2023-yil yanvar oyi pensiya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
➡️ Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning yanvar oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-yanvar kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
➡️ O‘z navbatida 5-yanvar holatiga 2,6 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga talab etilgan mablag‘larning 61 foizi fuqarolarga to‘lab berilishi taʼminlandi.
➡️ Jumladan,
💳 naqd pulsiz shaklda (bank kartalari) pensiya va nafaqa oluvchi
2,4 mln nafar fuqarolarga pensiya va nafaqa pullari ularning bank plastik kartalariga to‘liq yuklab berildi;
💴 naqd shaklda pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning 183 ming nafariga yoki joriy oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning 10 foizi Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan fuqarolarga yetkazib berildi.
ℹ️ Аmaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati