Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Raxmanov hokim o‘rinbosarlari Obidjon Xakimov, Xurshid Oripov hamrohligida shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘lib, reanimatsiya va perinatal markazda kasallar holidan xabar oldi, shifokorlar bilan suhbatlashdi, xonalarning issiqlik tizimini o‘rgandi.