Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Raxmanov kuni kecha tungi vaqtda hokim o‘rinbosarlari Obidjon Xakimov, Xurshid Oripov hamrohligida shahar Tibbiyot birlashmasida bo‘ldi.
Tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan ishlar jarayoni va bo‘limlarda birma-bir xonalarning issiqlik tizimini o‘rgandi.
Shahar rahbari tegishli mas'ullarga sovuq ob-havo sharoitida issiqlik tizimida nosozliklar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

