31-yanvar kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda dastavval shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimovning shaharda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti eshitildi.
Hamda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov, DXX shahar boʻlimi boshligʻi S.Shayzakovlar yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Ularning taklif va muammolarini tingladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Xakimovga topshiriqlar berildi.
Hamda 5 muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.