ZARAFSHONDA DIREKTOR O‘RINBOSARLARI UCHUN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va umumiy o‘rta taʼlim muassasasi direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi 44-sonli qo‘shma qarori ijrosini taʼminlashdan maqsadida 2023-yilning 26-yanvar kuni Zarafshon shahar hokimligi, shahar Maʼnaviyat va maʼrifat bo‘linmasi tashabbusi bilan shahar Xalq taʼlimi bo‘limi bilan hamkorlikda shahar seminari o‘tkazildi.
Seminarda shahardagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, sinf rahbarlari ishtirok etdi.
Navoiy viloyati hokimligi
axborot xizmati.



