O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-220-sonli Farmonining 5-bandiga asosan 2022-yil 4-avgustda “Daftarlar”ga kiritilgan oilalarni quyosh suv istish qurilmasi yoki quyosh panellari bilan beg‘araz ta'minlash bo‘yicha 02-02/721-sonli manzilli dastur tasdiqlangan. Bu borada Zarafshon shahrida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Zarafshon shahrida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1-sektor hududi bo‘lgan “Muruntov” MFYda istiqomat qilayotgan 2 ta oilalarga 200 litr hajmdagi quyosh suv istish kollektorlari o‘rnatilmoqda. Bu boradagi tadbirlar shahardagi barcha sektorlar hududida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Sektor rahbarlari tomonidan hududda aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida energiya tejovchi texnologiyalarning avfzalliklari va qulayliklari keng targ‘ibot qilib borilmolqda.

