Bugun, 4-mart kuni Yangi Zarafshon mahallasida "O'zbekiston-umumiy uyimiz" shiori ostida o'tkazilgan madaniy, ma'naviy-ma'rifiy, san'at va do'stlik festivali o'tkazildi.
Festivalda Zarafshon shahar hokimi Anvar Radjabov, barcha sektor rahbarlari, korxona-tashkilot rahbar-xodimlari ishtirok etdi.
Do'stlik festivalida turli millat vakillari va 9-umumta'lim maktabi tomonidan ko'rkazmalar tashkil qilindi. Ko'rgazma davomida ko'p millatli xalqimizning milliy an'ana va urf-odatlari namoyish etildi.
Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi





