Ishonchli vakil saylovchilarni nomzodning tarjimayi holi hamda saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Respublikamizda o‘tkazilgan islohotlarning Zarafshon shahri misolida amalga oshirilgan ishlar e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbirda nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishtirilib, u beshta strategik maqsaddan iborat ekanligi ta’kidlandi. Dasturda belgilanganidek, inson qadri tamoyili asosida sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy-iqtisodiy soha rivoji, davlatimizning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yuksak rejalar va loyihalar ishtirokchilarga tanishtirildi.
- Partiyamizdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzodimizning saylovoldi dasturida yosh avlod ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, barcha tuman va shaharlarda "Iste’dod – Intilish – Istiqbol” maktab-internatlarini tashkil etish asosida yuksak bilimli avlod tarbiyalash g‘oyasi yotadi. Birgina, Zarafshon shahrida qurilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati kelgusida, biz ta’kidlab o‘tkanimizdek, yuksak bilim va salohiyatga ega kadrlar yetishtirib beruvchi maskan bo‘ladi, – dedi ishonchli vakil. – Shu maqsadda yosh avlod ta’lim-tarbiyasida kelgusida istiqbolli islohotlar asosida yangi tizim yaratiladi. Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, taʼlim va tarbiya bo‘ladi.





