Zarafshon shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shtab yigʻilish oʻtkazildi.
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan mutasaddi rahbarlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy masala sifatida maktab binosida joriy holatdagi qurilish va tiklash, ichki va tashqi taʼmirlash ishlari, shuningdek, maktab binosi atrofida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi hamda nazoratga olindi.
Masʼullarga koʻrilgan masalalar boʻyicha bir qator topshiriqlar va vazifalar berildi.