Navbatdagi sayyor qabul Zarafshon shahar Oltinvodiy mahallasida boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabul Zarafshon shahar hokimining birinchi oʻrinbosari A. Shoxmirzayev, shahar hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova va masʼullar ishtirokida oʻtkazilib, unda aholi murojaatlari oʻrganildi. Oʻndan ortiq fuqaro oʻzlarining murojaatlari, xususan, bandlikni taʼminlash, moddiy koʻmak koʻrsatish, uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda amaliy yordam koʻrsatish kabi masalalarida murojaat yoʻlladi va ularni joyida ijobiy hal etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrildi.
Shuningdek, murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ularni nazoratga olinishi belgilandi.






