DataLife Engine / Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi tinchligini taʼminlash boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi tinchligini taʼminlash boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, aholi tinchligini taʼminlash boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Joriy yilning 23-iyun sanasida  Zarafshon shahar Alisher Navoiy mahallasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Shahar  hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari F.Imomov,  mahalla inspektori, masʼullar va fuqarolar ishtirok etishdi.

Targʻibot tadbiri davomida shahrimizda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar koʻrib chiqildi. Shuningdek, fuqarolar ushbu jarayonda diqqat-eʼtiborini qaratishi, har bir mahallada tinchlik va obodlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarda birgalikda harakat qilish kerakligi taʼkidlandi.

Masʼullar va fuqarolar ishtirokida boʻlib oʻtgan targʻibot tadbirida fuqarolarning taklif va tavsiyalari tinglandi. Kelgusida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilandi.



23-06-2023, 21:30
Вернуться назад