Maʼlumki, ushbu binoda Finlandiya bilan hamkorlikda Zarafshon shahrida 2023-yilning sentabr oyiga qadar sohalar kesimida xalqaro Nordik universitet filialini ochish masalasi koʻrilgan edi.
Masʼullar bilan boʻlgan yigʻilishda universitet filialini ochishda ushbu binoda taʼmirlash ishlari, oʻquv jarayonlariga tayyorgarlik holati, moddiy-texnik baza bilan taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilandi. Bu boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosini taʼminlanishi nazoratga olindi.



