












Bugun, Zarashon shahar "Quruvchi" mahallasida yana bir quvonchli maskan - bolalar maydonchasi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Ochilish tadbirida Zarashon shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari, shahrimiz bolajonlari, ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Ushbu shodiyonada yana bir obod va xavfsiz, shuningdek, zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratilgan
bolalar maydonchasi shahrimiz bolajonlari ixtiyoriga topshirildi.
Bolajonlarga ajoyib va unutilmas tuhfalar bilan birgalikda muzqaymoqlar ulashildi.
Tadbir davomida "Yulduz" madaniyat markazining xushovoz xonandalari tadbir ishtirokchilari uchun ajoyib kuy-musiqalar ijro etishdi.