








Muruntov mahalla fuqarolar yigʻini hududida shahar hokimligi tomonidan "Workout" maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tadbirda Zarafshon shahar "Nuroniylar" jamgʻarmasi raisi H.Ernafasov, mahalla faollari, yoshlar, fuqarolar, keksa nuroniylar ishtirok etdi. Yosh avlodni ham maʼnan, ham jismonan yetuk shaxs etib yetkazish maqsadida ochilgan ushbu maskan shahrimizda bayram arafasida fuqarolarga koʻtarinki ruh va yuqori kayfiyat bagʻishladi.
Tadbir davomida ajoyib kuy-musiqalar ijro etildi. Bolalarga ajoyib tuhfalar, muzqaymoqlar ulashildi.