Zarafshon shahrida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini oshirish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Zarafshon shahar 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida zamonaviy koʻrinishga ega sunʼiy qoplamali sport maydonchasi ochilishi tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Sh.Shernazarov, shahar DSI boshligʻi Z.Shomurodov, hokim oʻrinbosarlari, mutasaddi tashkilot rahbarlari, oʻqituvchilar hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Ochilish tadbirida shahar hokimi soʻzga chiqib, shahrimizda yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qulayliklar xususida toʻxtalib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni taʼkidlab oʻtdi. Ushbu maskan barpo etilishida oʻz hissasini qoʻshgan zaxmatkash quruvchiga milliy toʻn kiydirildi.
Mustaqillik 32 yillik bayramida oʻquvchi-yoshlarga tuhfa sifatida foydalanishga topshirilayotgan ushbu sport maydonchasi nuroniylar, mutasaddi rahbarlar, yoshlar ishtirokida tantanali tarzda ochib berildi.