Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi A.Botiraliyev, shahar hokimi N.Rahmanov hamda sektor rahbarlari tomonidan masʼullar ishtirokida aholi murojaatlarini oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida Geolog mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari mutasaddilar tomonidan birma-birma oʻrganildi. Aholi bilan muloqotlar davomida aksariyat masalalar o‘z yechimini topdi. Muddat talab etiladigan masalalar boʻyicha hal etilishi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.