Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni Navroʻz mahallasida oʻtkazdi.
Masʼullar ishtirokida oʻtkazilgan qabul davomida mahalla fuqarolari, yoshlarning har bir murojaati batafsil oʻrganildi. Tegishli tartibda nazoratga olindi. Bu boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berib, ijrosi taʼminlanishi belgilandi.