






Xususan, Zarafshon shahar Tibbiyot birlashmasida buyrak koʻchirish amaliyoti oʻtkazildi.
Murakkab amaliyot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi transplantologiya boʻlimi xodimlari hamda shahrimiz shifokorlari hamkorligida amalga oshirildi.
5 soat davom etgan tibbiy amaliyot davomida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi fuqoralar 37 yoshli Isoqov Zarifjon oʻz akasi 44 yoshli Isoqov Salohiddinga chap buyragini berdi. Amaliyotdan soʻng aka-ukalarning ahvoli yaxshi.
Aytish joizki, bu kabi murakkab jarrohlik amaliyoti - buyrak transplantatsiyasi ilk bor Zarafshon shahrida muvaffaqiyatli bajarildi.