DataLife Engine / #JARAYON SHAHAR HOKIMI MAHALLA FAOLLARI BILAN UCHRASHDI

#JARAYON SHAHAR HOKIMI MAHALLA FAOLLARI BILAN UCHRASHDI

Zarafshon shahar hokimi, 1-sektor rahbari  Nazirbek Rahmanov Alisher Navoiy mahallasida boʻlib, mahalla faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahalla beshligi, fuqarolar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla nuroniylari ishtirok etdi. Mahalla obodligi, oilalar tinchligi, yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikdan holi mahallaga aylantirish, fuqarolar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi dolzarb masalalar yuzasidan mahalla faollari bilan muloqot qilindi. 

Belgilangan vazifalar va topshiriqlar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Ochiq muloqot shaklida oʻtgan uchrashuv davomida fuqarolar oʻzlarining taklif va mulohazalarini bildirdi.
16-09-2023, 12:36
Вернуться назад