DataLife Engine / #Obod_xonadon #Obod_koʻcha #Obod_mahalla Bugun,  23-sentabr kuni Zarafshon shahar "Yangi Zarafshon" mahallasida shtab yigʻilish oʻtkazildi

#Obod_xonadon #Obod_koʻcha #Obod_mahalla Bugun,  23-sentabr kuni Zarafshon shahar "Yangi Zarafshon" mahallasida shtab yigʻilish oʻtkazildi

Yigʻilishda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Mahallada "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida har bir manzilga biriktirilgan shtab vakillari ishlari, shuningdek, topshiriqlar ijrosi koʻrib chiqilib,  tahlil qilindi. 

Mazkur mahalladagi xonadonlar, koʻchalarni tartibga keltirish, hashar tashkil etish, koʻchalarni obod qilish, mahalla koʻrkini buzib turgan, taʼmirtalab binorlarni taʼmirlash, obod mahalla doirasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘yicha mas’ullarga kerakli koʻrsatmalar berildi. 
23-09-2023, 17:18
Вернуться назад