DataLife Engine / OBOD XONADON, OBOD KOʻCHA, OBOD MAHALLA

OBOD XONADON, OBOD KOʻCHA, OBOD MAHALLA

Zarafshon shahar Yangi Zarafshon mahallasi "Obod xonadon, obod ko’cha, obod mahalla" tamoyilli asosida ishlar davom etmoqda.

"Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida  Respublika ishchi shtab vakili - Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi A.Botiraliyev, shahar hokimi N.Rahmanov ushbu mahalladagi aholi xonadonlarida, koʻchalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoni boʻlib, holidan xabar olishdi.Fuqarolar bilan muloqotlar qilinib, taklif va murojaatlari oʻrganildi.

Mazkur mahalla ko‘chalarni obod qilish, mahalla ko‘rkini buzib turgan qurilish va boshqa chiqindilarni bartaraf qilish bo’yicha tegishli mas'ullarga kerakli ko’rsatmalar berildi.

23-09-2023, 17:21
Вернуться назад