DataLife Engine / "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida Yangi Zarafshon mahallasida uchrashuv oʻtkazildi

"Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida Yangi Zarafshon mahallasida uchrashuv oʻtkazildi

Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan sektor rahbarlari, shtab ishchi guruh vakillari, tegishli tashkilotlar rahbarlari, masʼullar ishtirokida Yangi Zarafshon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.
  
Berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil etildi. Xususan, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida: ichki yoʻllarni asfaltlash, elektr tarmoqlari, ichimlik suv tarmoqlarini tortish, qurilish-taʼmirlash ishlari, aholi oʻrtasida "Obod xonadon", "Obod koʻcha", "Obod mahalla" mezoni asosida targʻibot ishlarini olib borish, obodonlashtirish, tozalash ishlarini jadallik bilan amalga oshirish borasida masʼullarning hisobotlari koʻrib chiqildi. Kelgusidagi vazifalar belgilandi.
24-09-2023, 17:35
Вернуться назад