Zarafshon shahar "Yulduz" madaniyat markazida oʻrkazilgan uchrashuvda Respublika ishchi guruh vakillari T.Tursunov, B.Mamatnazarov, viloyat sudi sudyasi B.Imomov, shahar hokimi N.Rahmanov, shahar IIB boshligʻi E.Yaxyoyev, shuningdek, tegishli masʼullar, shahrimiz fuqarolari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish ishlar mexanizmi samarali tashkil etish, taklif va murojaatlarini oʻrganish, shuningdek, shahrimizdagi faol va tashabbuskor yoshlar bilan mutasaddi rahbarlarning ochiq muloqoti tashkil etildi.